07:58 / 30.11.2018
4 548

Internet tarmog‘iga chiqish narxlari pasaytirilib, ulanish tezligi oshirildimi?

Internet tarmog‘iga chiqish narxlari pasaytirilib, ulanish tezligi oshirildimi?
2018 yil 30 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, IT-texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va ularning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rniga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazadi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish sohasidagi davlat organlari, tashkilotlari va korxonalari, operatorlar va provayderlar ishtirok etadilar.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Internet tarmog‘iga chiqish narxlarini pasaytirish, shuningdek ulanish tezligini oshirish topshiriqlarini bajarish bo‘yicha “O‘zbektelekom” AKning hisoboti taqdim etiladi.

Anjuman aloqa va axborotlashtirish sohasidagi davlat organlari, tashkilotlari va korxonalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi operatorlari va provayderlari o‘rtasida AKT sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi, chunki barcha tomonlarning hamkorligisiz innovatsion rivojlanish haqida so‘zlash mumkin emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Internet tarmog‘iga chiqish narxlari pasaytirilib, ulanish tezligi oshirildimi?