Apple korporatsiyasi subpudratchi korxona orqali foydalanuvchilarning ovozli buyruqlari va shaxsiy suhbatlarini tinglash uchun xodimlarni ishga oladi. Bu haqda El Pais gazetasi xabar berdi.
Nashrning yozishicha, kompaniyaning Ispaniyada xodimlari bo‘lib, ular turli tillardagi, jumladan, fransuz va nemis tillaridagi yozuvlarni tinglashadi. Gazeta manbalarining so‘zlariga ko‘ra, bu Siri ovozli yordamchisining dasturiy ta’minotini yaxshilash uchun amalga oshiriladi. Ammo nashrning yozishicha, nafaqat Siri buyruqlari, balki telefon egalarining shaxsiy suhbatlari ham tinglanadi.
Yozuvlarni tinglash subpudratchi korxona orqali amalga oshiriladi.
Kompaniya o‘z navbatida "Apple’ning barcha mahsulot va xizmatlari shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan bo‘lib, kimga nimani taqdim etishni faqatgina foydalanuvchining o‘zi hal qilishini" ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi