4 368
Xalq tabobati akademiyasi raisi: «Tabiblarni o‘qitmasak bo‘lmaydi. Ularning 80 foizi ilmsiz»
Foto: Xalqaro press-klub
Xalqaro press-klubning "Xalq tabobati: tarixiy an’analar, zamonaviy yondashuvlar va muammolar tahlili" mavzusiga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq tabobati akademiyasi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Shifobaxsh dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash markazi vakillari ishtirok etmoqda.
Xalq tabobati akademiyasi raisi, texnika fanlar nomzodi Mehri Navro‘zovaning so‘zlariga ko‘ra, xalq tabobatiga ijobiy munosabatda bo‘lganlar ham, salbiy munosabatdagilar ham bor.
“Xalq tabobatiga ijobiy munosabatda bo‘lganlar ham, salbiy munosabatdagilar ham bor.
Tabiblarni o‘qitmasak bo‘lmaydi. Ularning 80 foizi ilmsiz. Shu sababli ham fuqarolarimizda ularga ishonch yo‘q.
Bir soatda rakni davolaymiz, deb aytadigan tabiblar bor. Unaqalarga biz eshigimizni yopamiz. Biz shunday tabiblar bilan kurashishimiz kerak”, - deydi Mehri Navro‘zova.
Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Farhod Rahimqulovning aytishicha, tabiblarga yangi talablar ham qo‘yiladi.
“Tabibning ishxonasi qanday bo‘lishi kerak? U gigiyena talablariga javob beradimi? Endi tabiblarga shu kabi talablar ham qo‘yiladi.
A’zolar bilan bog‘liq har qanday kasallikning xuruj davrida vrachga borgan yaxshi. Undan boshqa holatlarga tabibga ko‘rinish mumkin”, - deydi Farhod Rahimqulov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi