Avstraliyalik olimlar inson sog‘lom bo‘lishi uchun haftada necha soat ishlashi mumkinligini aniqlash borasida tadqiqot olib borishdi. Avstraliya milliy universiteti tahlil natijalari haqida qisqa va muhim xulosalarni taqdim etdi, deb xabar bermoqda Qalampir.uz sayti.
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, sog‘lom hayot tarzi olib borish uchun haftada maksimal hisobda 39 soat ishlash kerak. Agar hafta davomidagi ish soatlari bu vaqtdan oshib ketsa, unda bu hol inson ruhiyati va jismoniy holatiga salbiy ta’sir etadi. Sababi inson asosiy vaqtini ish bilan o‘tkazadi va natijada o‘ziga bo‘lgan e’tibori kamayadi, ya’ni o‘z vaqtida va to‘g‘ri ovqatlanmaydi, shuningdek, gigienik qoidalarga ham rioya qilmaydi.
Olimlar haftasiga 40 soatdan ortiq ishlaydigan, xususan aksariyati 24 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan kishilarga mehnat faoliyatini biroz cheklashni tavsiya etishmoqda. Bu borada, ayniqsa, ayollarning yumushlari ko‘p ekanligi xulosa qilingan. Sababi ayollar ish joyidagi vazifalardan tashqari, ish haqi to‘lanmaydigan uy yumushlarini ham bajaradilar.
Aytish kerakki, bundan taxminan 80 yil ilgari jahon miqyosida bir haftadagi ish vaqtining o‘rtacha darajasi 48 soat etib belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”