Van de Ven Tottenhemning asosiy muammosini ochiq aytdi

"Tottenhem" markaziy himoyachisi Mikki van de Ven yakunlanayotgan yil natijalarini sarhisob qildi va kelayotgan mavsum oldidan jamoa oldidagi vazifalar haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
London klubi uchun 2025 yil voqealarga boy bo'ldi: "shporlar" o‘tgan APL mavsumini 17-o‘rinda yakunladi, biroq Yevropa Ligasida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Oraliq tanaffusda bosh murabbiy Ange Postekoglu ishdan olindi, Tomas Frank qo‘l ostida esa barqarorlik hanuz topilmadi — 18 turdan keyin jamoa APLda 11-pog'onada bormoqda.
Van de Ven Sky Sports’ga bergan intervyusida 2026 yilda "Tottenhem" eng avvalo o‘yin va natijalarda izchillikni kuchaytirishi kerakligini ta’kidladi: jamoa juda ko‘p marta keskin ko‘tarilish va pasayishlarni boshdan kechirmoqda. Uning aytishicha, asosiy maqsad — yana yevrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kiritish, chunki "Tottenhem" u yerda o‘ynashi shart. Shuningdek, jamoa Angliya Kubog‘i uchun ham kurashadi va Chempionlar ligasidagi ishtirokini davom ettirmoqda.
1 yanvar kuni "shporlar" safarda "Brentford"ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!