
Madridning «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Konor Gallagher yanvar oyida jamoani tark etishga tayyor. Angliyalik futbolchi bosh murabbiy Diyego Simeone bilan suhbatlashgan va unda argentinalik mutaxassis Gallagherga doimiy o‘yin amaliyotini kafolatlay olmasligini bildirgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
TEAMtalk xabariga ko‘ra, «Chelsi» tarbiyalanuvchisi aynan shundan keyin ketish eng to‘g‘ri yo‘l ekaniga amin bo‘lgan. «Atletiko» esa munosib taklif tushsa, yanvarda futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor.
Gallagherga qiziqish saqlanib qolmoqda: «Manchester Yunayted» uni kuzatishda davom etyapti, shuningdek 25 yoshli yarim himoyachi uchun «Tottenhem» va «Nyukasl» ham da’vogarlar qatorida. Futbolchini taklif etish variantini Milaning «Inter» klubi ham ko‘rib chiqmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.