date

Spalletti Yuventusni Inter yarim himoyachisini olishga undamoqda

Spalletti Yuventusni Inter yarim himoyachisini olishga undamoqda

“Yuventus” bosh murabbiyi Luchano Spalletti jamoani Milan “Inter”i yarim himoyachisi Davide Frattezini tarkibga qo‘shish g‘oyasini faol ilgari surmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

26 yoshli futbolchi doimiy o‘yin amaliyoti yetishmayotgani sabab qishki transfer oynasida klubini o‘zgartirish haqida jiddiy o‘ylayotgani aytilmoqda. Ko‘plab mish-mishlarga ko‘ra, Turin varianti Frattezining o‘ziga ham juda ma’qul. Jurnalist Matteo Morettoning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, Spalletti yanvar oyidagi rejalarni rahbariyat bilan muhokama qilarkan, Frattezini taklif etish masalasida qat’iy turib olgan. Eng ehtimoliy ssenariylardan biri — qimmat ijara va majburiy sotib olish bandi.

Transfermarkt portalida Frattezining bahosi 28 million yevroga teng. U joriy mavsumda “Inter” safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Spalletti Yuventusni Inter yarim himoyachisini olishga undamoqda