Jessi Lingard La Liga klublari e'tiboriga tushdi

Yarim himoyachi Jessi Lingard Janubiy Koreyadagi faoliyatidan so'ng Yevropaga qaytishga yaqin turibdi. Fichajes xabariga ko'ra, hozirda "Seul" safida to'p surayotgan 33 yoshli angliyalikka Ispaniya La Ligasidan "Sevilya", "Selta" va "Real Oviedo" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Lingard 1 yanvardan boshlab erkin agentga aylanadi. Shu sababli uni transfer badalisiz tarkibga qo'shib olish imkoniyati mavjud.
Jessi Lingard "Seul"ga 2024 yil fevralida kelib qo'shilgan. U Janubiy Koreya klubi safida 67 o'yinda maydonga tushib, 19 gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt bahosiga ko'ra, hujumkor yarim himoyachining hozirgi transfer qiymati 2,2 mln yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing