
PSJ va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Dezire Due Globe Soccer Awards marosimida sovrindorlar qatoridan joy oldi. 20 yoshli futbolchi «eng yaxshi yangi boshlovchi futbolist» nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Due erishgan muvaffaqiyatga PSJ ham munosabat bildirdi: klub ijtimoiy tarmoqlardagi post orqali futbolchisini tabrikladi.
Dezire Due PSJning asosiy jamoasi safida hozirgacha 73 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazgan. Bu o‘yinlarda hujumchi 21 ta gol urib, jamoadoshlariga 20 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Ayni paytda PSJ Fransiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam «Lans» bo‘lib, u parijliklardan atigi bir ochko ko‘proq jamg‘argan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.