date

Real Vinisius, Karvaxal va Ryudiger kelajagidan ikkilanmoqda

Real Vinisius, Karvaxal va Ryudiger kelajagidan ikkilanmoqda

Madridning «Real» klubida uch nafar yulduz futbolchining keyingi mavsumdagi taqdiri borasida savollar paydo bo'ldi. Gap Vinisius Junior, Dani Karvaxal va Antonio Ryudiger haqida ketmoqda. ESPN xabariga ko'ra, «qirolicha klub» rahbariyati braziliyalik, ispaniyalik va germaniyalik futbolchilar jamoada qolish-qolmasligiga to'liq ishonch bildirmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

25 yoshli Vinisiusning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Karvaxal (33) va Ryudiger (32) bilan tuzilgan bitimlar esa kelasi yozda yakuniga yetadi.

«Real» navbatdagi uchrashuvini 4 yanvar kuni «Betis»ga qarshi o'tkazadi. Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoa La Ligada 18 turdan so'ng turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Vinisius, Karvaxal va Ryudiger kelajagidan ikkilanmoqda