date

Lyuka Zidan Afrika kubogida o'ynash sharaf ekanini aytdi

Lyuka Zidan Afrika kubogida o'ynash sharaf ekanini aytdi

Afsonaviy futbolchi Zinedin Zidanning o'g'li Lyuka Afrika Millatlar kubogidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Darvozabon sifatida u ushbu turnirda Jazoir terma jamoasi safida maydonga tushmoqda. Zidanning jamoasi ilk uchrashuvda Sudanni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

«Biz Burkina-Fasoga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Mashg'ulot yaxshi o'tdi, raqib ham kuchli jamoa ekanini bilamiz. Men uchun Afrika kubogida o'ynash katta sharaf», — deya Lyuka Zidanning so'zlarini keltiradi RMC Sport.

Hozirda Jazoir o'z guruhida peshqadam. Burkina-Fasoga qarshi bahs bugun, 28 dekabr kuni 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lyuka Zidan Afrika kubogida o'ynash sharaf ekanini aytdi