Nkunki vaqt so‘radi va endi Milan uchun porlamoqda

Nkunki vaqt so‘radi va endi Milan uchun porlamoqda

Milan” hujumchisi Kristofer NkunkiVerona” darvozasiga ikki bor yo‘l topdi. Futbolchi bu natijaga kelish uchun unga biroz vaqt kerak bo‘lganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub rahbariyati avvalroq futbolchining o‘yinidan ko‘ngli to‘lmay, uni jamoani tark etishga yaqinlashtiradigan variantlarni ham ko‘rib chiqa boshlagandi. Biroq hozir Nkunki uchun ham, “Milan” uchun ham ijobiy davr boshlangani sezilmoqda.

“Menga moslashish uchun vaqt kerak edi, ayniqsa jarohatdan keyin yana jismoniy holatni tiklash oson bo‘lmadi. Hozir o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman”, — deya Nkunki so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

“Milan” navbatdagi uchrashuvini 2-yanvar kuni “Kalyari”ga qarshi o‘tkazadi. Turnir jadvalida esa jamoa hozircha ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar