
"PSJ" hujumchisi va Fransiya terma jamoasi yetakchisi Usmon Dembele Globe Soccer Awards talqiniga ko'ra 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ushbu mukofotning tantanali taqdirlash marosimi yakshanba oqshomida bo'lib o'tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Dembele joriy yilda allaqachon "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan, shuningdek FIFA versiyasi bo'yicha ham yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga sazovor bo'lgan edi.
"PSJ" safida o‘tib borayotgan yil davomida Dembele olti ta sovrinni yutdi. Ular orasida Chempionlar ligasi kubogi ham bor: turnir finalida parijliklar "Inter"ni 5:0 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratdi.
Fransiya chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini "PSJ" 4 yanvar kuni o'tkazadi. Shu kuni Luis Enrike jamoasini "Parij"ga qarshi shahar derbisi kutib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.