
“Bryugge”ning markaziy himoyachisi Xoel Ordonez kelasi yil top-klublardan biriga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Unga da’vogarlar safini endi Angliyaning “Liverpul” klubi ham to‘ldirdi. Jurnalist Lyuis Stil xabariga ko‘ra, “qizillar” 21 yoshli ekvadorlik futbolchini kuzatib bormoqda va joriy mavsum yakunlangach, uni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Transfermarkt bahosiga ko‘ra, Ordonezning narxi 28 mln yevroni tashkil etadi. Uning “Bryugge” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Avvalroq OAV markaziy himoyachiga Milan “Inter”i ham qiziqish bildirayotgani haqida yozgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.