
PSJ va Marokash terma jamoasi qanot himoyachisi Ashraf Hakimi Afrika kubogi o'yiniga Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe tashrif buyurgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hakimining sobiq jamoadoshi Mali terma jamoasiga qarshi bahsni (1:1) tribunadan kuzatdi. Mbappe stadionga marokashlik futbolchining familiyasi yozilgan futbolkada kelgani ham e'tibordan chetda qolmadi.
O'yindan keyin Hakimi Mbappeni Marokashda ko'rish yoqimli bo'lganini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, fransuz yulduzi Marokashni yaxshi ko'radi, jamoaning o'yinidan mamnun qolgan va ular Afrika kubogini yutishga to'liq qodirligini aytgan.
Ikki turdan so'ng Marokash terma jamoasi o'z guruhida peshqadam bo'lib turibdi. Jamoa hisobida 4 ochko bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.