O‘zbekiston o‘z avtosanoatiga ega oz sonli davlatlardan biri hisoblanadi. Ammo shu bilan birga ko‘pchilik o‘zimizda avtomobil ishlab chiqarilgani holda mashinalar o‘ta qimmatligidan, barcha xorijiy davlatlarda avtomobillar bahosi juda arzonligidan noliydi. Xo‘sh, bu qanchalik to‘g‘ri? Tahlil qilib ko‘ramiz.
Singapur
Bu davlatda avtomobil minish haqiqiy hashamatni anglatadi. Qanday markadaligining ahamiyati yo‘q, mashina boshqarishning o‘zigina katta gap.
Singapurda avtomobil bahosi degan tushuncha juda keng. Avvalo avtomobilning asl narxi, ya’ni ishlab chiqaruvchining bahosi aniqlanadi. Aytaylik o‘rtacha avtomobil 20 ming singapur dollari (taxminan 15 ming AQSh dollari) baholansa, unga darhol progressiv shkalada hisoblanuvchi qayd qilish bahosi qo‘shiladi. 20 ming singapur dollarigacha bo‘lgan avtomobillarda bu to‘lov qo‘shimcha 100 foizni, 20 mingdan 50 mingga qadar bahodagilarga — 140 foizni, 50 ming dollardan ortiqlariga 180 foizni tashkil qiladi.
Keyingi bosqichda avtomobil bahosining 20 foizi miqdorida aksiz solig‘i undiriladi. So‘ng avtodilerni rozi qilish kerak — u ham avtomobil bahosining 20-25 foiziga teng haq oladi. Mana shu xarajatlarni qilgandan keyin o‘zingizni siz avtomobil xarid qilgan deb hisoblashingiz mumkin.
Avtomobil xarid qilgandan keyin uni minish kerakmi? Kerak. Demak, uni boshqarish huquqini qo‘lga kiritish lozim. Bu mitti davlatda avtomobil boshqarish huquqi 10 yilga beriladi va ochiq auksion orqali sotiladi. 2018 yil holatiga bunday huquq 37 ming singapur dollaridan sotilgan. Demak 20 minglik arzon avtomobil taxminan 95-100 ming singapur dollariga (70 ming AQSh dollariga) tushadi.Ammo bu bilan xarajatlar tugay qolmaydi. Ikki-uch ming yo‘l solig‘i, uch-to‘rt ming ekologiya solig‘i degandek... Ekologiya solig‘i ham progressiv shkalada undiriladi — o‘n yildan ortsa qo‘shimcha 10 foiz, 11 yil +20 foiz, 14 yildan ortig‘iga +50 foiz. Yana qimmat narxlarda sotiluvchi yonilg‘i-moylash mahsulotlari, texnik ko‘riklar, sug‘urta kabi xarajatlar ham borki, bularning hammasi qo‘shilib, Singapurda avtomobil boshqarish haqiqiy boylar ishi ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Malayziya va Indoneziya
Indoneziyada ham avtomobillar uchun davlat boji juda yuqori va progressiv shkalada hisoblanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, «Toyota Land Cruiser» taxminan 150 ming AQSh dollaridan, oddiygina «Chevrolet Spark» bahosi 15 ming AQSh dollaridan boshlanadi. Yana bu davlatlarda yo‘l solig‘i, sug‘urta, texnik ko‘riklar ham anchagina qimmat.
Islandiya va Norvegiya
Islandiya sayyohlarning sevimli maskani. Bu orol-davlatda har 1,5 kishiga 1 donadan avtomobil to‘g‘ri keladi. Lekin Yevropaning boshqa davlatlariga nisbatan baholar 1,5-2 barobar qimmat. Norvegiya ham turmush darajasi yuqori davlatlar qatorida dunyoda yetakchilik qiladi. Shu bilan birga bu mamlakatda ham avtomobillar o‘rtacha bahosi 25-30 ming dollar atrofida.
Nega O‘zbekistonni o‘ta rivojlangan, maoshlar juda yuqori davlatlar bilan qiyoslayapsiz, axir ularning aholi daromadlari ham shu avtomobillarni sotib olish darjasida balandku, degan e’tiroz tug‘ilishi mumkin. O‘rinli e’tiroz, ammo qisman. Keyingi davlat misolida buni tushunib olasiz.
Kuba
«Ozodlik oroli»ni juda ko‘pchilik ochiq osmon ostidagi avtomobillar muzeyi deb biladi. Biz sotiladigan har qanday avtomobilning darhol ishlab chiqarilgan yiliga e’tibor beramiz. Yarim asrlik avtomobillar bemalol harakatlanayotgan Kubada «sal» boshqacharoq — taklif qilinayotgan mashinalar «1950-1970», «1970-1990», «1990-2000» va «yangi» kabi toifalarga bo‘linadi.
Kubaga yangi avtomobillar olib kirib sotishga bo‘lgan cheklov 2014 yilda olib tashlandi. Yillar maqolamizning asosiy mavzusi emas. Baholarga qaytamiz. Ular esa haqiqatan ajablanarli. Kubada turli soliqlar ortidan eski «Jiguli»ning bahosi 30 ming AQSh dollari atrofida. 5-6 yil xizmatda bo‘lgan xorijiy mashinalar 90-100 ming dollardan sotilsa, yangilarining bahosi 150 ming dollardan boshlanadi.
Hammasi tushunarli-ya, lekin bu davlatda o‘rtacha maosh 20-30 dollarligi hisobga olinsa, bunday baholardagi avtomobillarni kimlar xarid qilishi sirligicha qolaveradi.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi