date

Afg‘onistonlik tadbirkorlar Toshkentda biznes hamkorlar izlamoqda

Afg‘onistonlik tadbirkorlar Toshkentda biznes hamkorlar izlamoqda

Bugun Afg‘onistonning xususiy sektor vakillaridan iborat ishbilarmonlar delegatsiyasi Toshkent shahriga yetib keldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, delegatsiya a’zolari 13 oktyabr kuni o‘zbek tadbirkorlari bilan bo‘lib o‘tadigan biznes uchrashuvlarda ishtirok etadi. Uchrashuv doirasida tomonlar qo‘shma loyihalar, savdo hamkorligi va investitsiya imkoniyatlari haqida fikr almashadilar.

Tadbirda Afg‘onistondan 80 nafarga yaqin tadbirkor ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ular O‘zbekiston bozori bilan yaqin iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va yangi yo‘nalishlarda sheriklik munosabatlarini kengaytirish niyatida ekanligi ta’kidlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Afg‘onistonlik tadbirkorlar Toshkentda biznes hamkorlar izlamoqda