date

Sayyoramizdagi qushlarning yarmi yo‘qolib ketish arafasida

Sayyoramizdagi qushlarning yarmi yo‘qolib ketish arafasida

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) yangilangan Qizil kitobda yo‘qolib ketish xavfi ostidagi 48 646 ta yangi turni ro‘yxatga kiritdi. Shu bilan jami xavf ostidagi turlar soni 172 620 taga yetdi, deb yozdi CNN.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi, dengiz muzlarining erishi va o‘rmonlarning kesilishi natijasida ko‘plab jonzotlar, jumladan Arktika tyulenlari va dunyo qushlarining yarmi yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Tyulenlar uchun dengiz muzliklari bolalarini parvarish qilishda muhim ahamiyatga ega, ularning yo‘qolishi esa oq ayiqlarga ham tahdid soladi.

Dunyodagi qushlar populyatsiyasining 61 foizi kamayib borgan — 2016-yilda bu ko‘rsatkich 44 foiz edi. Asosiy sabablar — yashash muhiti buzilishi va o‘rmonlarning yo‘qolishi.

Biroq ijobiy misollar ham bor: yashil dengiz toshbaqalarini asrash bo‘yicha dasturlar natijasida ularning soni so‘nggi o‘n yilliklarda 28 foizga oshgan. Mutaxassislar tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha global hamkorlikni kuchaytirishga chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sayyoramizdagi qushlarning yarmi yo‘qolib ketish arafasida