"Manchester Siti"ning norvegiyalik yulduzi Erling Holand yangi mavsumni ham juda kuchli boshladi. Forvard Angliya Premyer-ligasining ilk 7 o‘yinida 9 ta gol urib, yana to‘purarlik poygasida yetakchilikni qo‘lga oldi.
Qizig‘i, bu safar Holandning barcha gollari penaltisiz urilgan — bu esa uning natijasini yanada ta’sirli qiladi.
Shu bilan birga, bu uning eng yaxshi starti emas. Masalan, 2022/23 yilgi mavsumda u 7 o‘yinda 11 ta, o‘tgan mavsumda esa 10 ta gol kiritgandi. Biroq hozirgi forma uning samaradorligining yangi bosqichini ko‘rsatmoqda.
Ekspertlar fikricha, Holandning bunday kuchli boshlanishiga ikki asosiy omil sabab bo‘lgan:
- birinchisi — u yaratib olayotgan vaziyatlar soni va sifati;
- ikkinchisi — raqobatchilarning sust formasi. Masalan, Salah, Son va Isaak kabi hujumchilar mavsumni sekin boshlagan.
Statistik tahlillar shundan dalolat beradiki, Holand bu mavsumda 29 ta zarba yo‘llagan va bu ligadagi eng yuqori ko‘rsatkich. Eng muhimi, bu zarbalarning sifati ham yuqori: har bir zarbaning o‘rtacha xG ko‘rsatkichi 0,27 — ya’ni tarixiy jihatdan 27 foiz holatlarda gol bilan yakunlanadi. Bu o‘tgan mavsumdagi 0,17 ko‘rsatkichidan ancha yuqori.
Demak, Holand nafaqat ko‘p zarba yo‘llayapti, balki har bir imkoniyatdan juda samarali foydalanmoqda. Shu bois, u odatdagi darajada o‘ynagan taqdirda ham raqiblaridan ikki barobar ko‘p gol urgan bo‘lardi.
Yevropa bo‘yicha "Oltin butsa" poygasida esa raqobat ancha jiddiy. Hozircha "Bavariya" hujumchisi Harri Keyn 11 ta, "Real Madrid" yulduzi Kilian Mbappe esa 9 ta gol bilan yetakchi safida.
Biroq penaltisiz ham eng yuqori xG ko‘rsatkichi bilan Holand hozircha eng ishonchli nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Tahlilchilar fikricha, agar jarohatlar to‘sqinlik qilmasa, norvegiyalik hujumchi bu mavsumda yana Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi to‘purariga aylanishi ehtimoli katta.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!