date

HAMAS va Isroil o‘rtasida asirlar almashuvi 13 oktyabr kuni boshlanadi

HAMAS va Isroil o‘rtasida asirlar almashuvi 13 oktyabr kuni boshlanadi

HAMAS harakati vakili ma’lum qilishicha, Isroil bilan mahbuslar almashuvi 13 oktyabr kuni, dushanbada boshlanishi kutilmoqda.

Falastinlik guruh bu jarayon tinch va rasmiyatsiz o‘tishini ta’kidlab, hech qanday bayram yoki ommaviy tadbirlar o‘tkazilmasligini bildirdi.

Manbalarning qayd etishicha, Isroil armiyasi “Sariq chiziq” nomi bilan tanilgan chegara hududiga chekingan. Shunga qaramasdan, yahudiy qo‘shinlari hali ham G‘azo sektori hududining taxminan 53 foiz qismida nazoratni saqlab turibdi.

Tomonlar o‘rtasidagi bu jarayon mintaqa uchun muhim siyosiy burilish nuqtasi sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » HAMAS va Isroil o‘rtasida asirlar almashuvi 13 oktyabr kuni boshlanadi