Politico maʼlumotlariga koʻra, Isroilning bir oy oldin Qatar poytaxtiga bergan zarbasi nafaqat mintaqaviy siyosiy keskinlikni oshirdi, balki AQShning faol diplomatik aralashuviga sabab boʻldi. Natijada Gʻazo sektorida oʻt ochish toʻxtatildi.
Maʼlumotlarga koʻra, 9 sentyabr kuni Isroil Qatar poytaxti Dohanyga havo hujumi uyushtirgan. Hujum vaqtida Isroil harbiylari 2023 yil 7 oktabrdagi teraktni rejalashtirgan HAMAS yetakchilari ularning asosiy nishoni boʻlganini maʼlum qildi. Guruh tomonidan esa besh nafar kishi, jumladan, harakat muzokarachisining oʻgʻli va Qatar xavfsizlik xizmati xodimi halok boʻlgani aytilgan.
Bu voqeadan soʻng Qatar Isroilni “qoʻrqoqlarcha hujum”da aybladi va Gʻazo boʻyicha vositachilikdan voz kechish bilan tahdid qildi. Isroil esa, oʻz navbatida, Qatarning “terrorchilarni yashirayotganini” daʼvo qildi. Biroq keskin vaziyat fonida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu oy oxirida Dohanydan rasmiy ravishda uzr soʻradi.
Politico yozganidek, aynan shu hodisa diplomatik jarayonda burilish nuqtasi boʻldi. AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu vaziyatdan foydalanib, Isroilga jiddiy bosim oʻtkazgan va bu orqali tinchlik jarayonini tezlashtirgan.
Oq uy manbalariga koʻra, Tramp Dohanyga berilgan zarbadan keyin Isroilni oʻt ochishni toʻxtatishga majbur qilgan. “Prezident juda qatʼiyatli harakat qildi. Bu bosim Isroilga sulhga rozi boʻlishdan boshqa yoʻl qoldirmadi”, — degan manba.
Shu bilan, Gʻazo sektoridagi sulh 10 oktabrdan kuchga kirdi. Birinchi bosqich doirasida HAMAS asirlikdagi isroilliklarni ozod etadi, Isroil esa falastinlik mahbuslarni qoʻyib yuboradi va oʻz qoʻshinlarini kelishilgan chiziqlarga olib chiqishi kerak.
Tahlilchilar bu jarayonni “Qatar zarbasidan boshlangan diplomatik domino” deb atamoqda — u nafaqat Isroil siyosatida, balki Trampning xalqaro nufuzida ham yangi sahifa ochdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!