date

Tramp raqibi — Nyu-York bosh prokurori ayblandi

Tramp raqibi — Nyu-York bosh prokurori ayblandi

9 oktyabr kuni kechqurun AQSHning Virjiniya shtatida sudyalar hay’ati Nyu-York bosh prokurori Letitsiya Jeymsni bank firibgarligida aybladi. U — AQSH prezidenti Donald Trampning eng tanilgan siyosiy raqiblaridan biri sifatida ma’lum.

Avvalroq xuddi shunday ayblovlar Trampning yana bir tanqidchisi, FTBning sobiq direktori Jeyms Komiga ham qo‘yilgan edi.

Jeyms va Komiga oid tergov ishlarini Tramp tomonidan tayinlangan prokuror Lindsi Halligan olib borgan. Undan avvalgi prokuror esa dalillar yetarli emasligini bildirib, lavozimidan iste’fo bergandi.

Ayblovga ko‘ra, Letitsiya Jeyms 2020 yilda Virjiniya shtatidagi ko‘chmas mulkni sotib olishda qulay kredit olish uchun bankka yolg‘on ma’lumot taqdim etgan.

Bosh prokuror esa bu ayblovlarni rad etib, ularni “asossiz va siyosiy motivlangan” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp bu orqali “shaxsiy qasos olish”ni ko‘zlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp raqibi — Nyu-York bosh prokurori ayblandi