Oziq-ovqat chiqindilari butun dunyo bo‘ylab tarqalayotgan muammodir. Birgina Qo‘shma Shtatlarda barcha oziq-ovqat mahsulotlarining 40 foizi iste’mol qilinmay tashlab yuboriladi. Oqibatda juda katta hajmdagi resurslar isrof bo‘lmoqda, chiqindilar poligonlarda chirib, o‘zidan juda ko‘p miqdorda metan chiqarmoqda. Oziq-ovqat chiqindilarini foydali narsaga aylantirish imkoni bormi?
Tokio universiteti qoshidagi Sanoat fanlari instituti olimlari qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun oziq-ovqat chiqindilaridan foydalanadilar. Bu usul faqat karam barglari va apelsin qobig‘i kabi meva va sabzavot qoldiqlaridan sement ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Tadqiqot natijalari umid baxsh etmoqda: oziq-ovqat chiqindilarining samarali bog‘lovchi modda ekani isbotlangan.
Professor Yuya Sakai rahbarligidagi tadqiqotchilar guruhi yog‘och kukunidan qurilish materiallarini tayyorlashda keng qo‘llaniladigan «issiq presslash» usulidan foydalanmoqda. Bunda dengiz o‘tlari, karam barglari, apelsin, piyoz, qovoq va banan po‘stlog‘i quritiladi va kukun holatiga keltirilib, presslanadi. Olingan sement mustahkamligi bo‘yicha tijoriy portland sementdan qolishmayapti.
Oziq-ovqat qoldiqlarini qayta ishlashdan tashqari, yangi jarayon sement ishlab chiqarishdagi uglerod chiqindilarini kamaytirishi mumkin. Hozircha texnologiya faqat kichik miqyosda sinovdan o‘tkazildi. Ammo agar u sanoatda qo‘llash miqyosigacha kengaytirilsa (guruhning keyingi maqsadi), qurilish materiallari bozoridagi «o‘yin qoidalari»ni o‘zgartirishi mumkin.
Tokio universiteti jamoasi tomonidan ixtiro qilingan usul qurilish sanoatiga va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga ham keng ko‘lamda ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar texnologiya keng miqyosda joriy qilinsa, insoniyat an’anaviy sementga bog‘liqlikdan qutulishi mumkin. Hozirgi vaqtda sement ishlab chiqarish sanoati ulushiga global karbonat angidrid chiqindilarining qariyb 8 foizi to‘g‘ri keladi. Shuningdek ushbu usul issiqxona gazlari chiqindilarining eng katta manbalaridan biri bo‘lgan oziq-ovqat chiqindilaridan oqilona foydalanish imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?