1 357
Eron Rossiyaga o‘z josuslik sun’iy yo‘ldoshidan foydalanishiga ruxsat bermasligini ma’lum qildi
Foto: Reuters
Eron kosmik agentligi Rossiyaning «Xayyom» razvedka sun’iy yo‘ldoshidan Ukraina bo‘yicha josuslik qilish uchun foydalanayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Agentlikning 7 avgust, yakshanba kuni e’lon qilgan bayonotida aytilishicha, kosmik kema faqat Tehronga bo‘ysunadi va boshqa davlatlarning harbiy maqsadlari uchun yaroqsiz.
Sun’iy yo‘ldosh ishini boshqarish markazi Eron hududida joylashgan bo‘lib, uni boshqarish va ishga tushirish bilan bog‘liq barcha buyruqlar birinchi kundan hamda u uchirilgandan so‘ng eronlik mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. «Boshqa hech bir davlat bu ma’lumotga ega bo‘lmaydi. Boshqa davlat tomonidan sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan harbiy maqsadlarda foydalanilgani haqidagi mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», - deya ta’kidladi agentlik.
Rossiya 9 avgust kuni Boyqo‘ng‘irdan orbitaga Eron sun’iy yo‘ldoshini olib chiqishga tayyorlanmoqda. Avvalroq The Washington Post gazetasi g‘arb razvedka xizmatlariga tayanib yozishicha, u Tehronning Yaqin Sharqdagi harbiy inshootlar bo‘yicha josuslik qilish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirishi kerak. Biroq, nashrning xabar berishicha, bundan oldin Moskva Ukraina qurolli kuchlarini kuzatish uchun kosmik kemadan foydalanish niyatida bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin