date

COVID-19 to‘lqini ostida cho‘kkan imperiya

COVID-19 to‘lqini ostida cho‘kkan imperiya
2020-yilda COVID-19 butun dunyoni izdan chiqargan paytda, dengiz sayohatlari sohasi ham og‘ir inqirozga uchradi. Sayohatlar to‘xtadi, kemalar bandargohlarda turib qoldi, minglab ishchilar ishsiz yoki izolyatsiyada qolishdi. Xarajatlarni kamaytirish uchun ko‘plab kompaniyalar eskirgan sayohat kemalarini parchalashga qaror qildi.

Turkiyaning Izmir viloyatidagi Aliag‘a bandargohi o‘sha davrda “kemalar qabristoni”ga aylandi. Bu yerda dunyoning eng yirik sayohat kemalari qismlarga ajratilib, temirga topshirildi. Reuters agentligi fotografi Umit Bektas dron yordamida bu manzarani tasvirga olib, pandemiyaning turizm sohasiga qanchalik og‘ir zarba berganini dunyoga ko‘rsatdi.

Bektasning aytishicha, bu tasvirlar nafaqat iqtisodiy, balki insoniy fojiani ham aks ettirgan. “Bu kadrlar kemalar egalari va ularni boshqargan odamlar uchun qayg‘uli, ammo bu pandemiyaning haqiqatini ochib berdi,” — deydi u.

Bugun Aliag‘a bandargohi yana odatdagi faoliyatiga qaytgan, biroq o‘sha yillardagi kadrlar hanuz dengiz sayohatlari sohasining eng og‘ir davrini eslatadi. COVID-19 pandemiyasi bu tarmoqning zaif tomonlarini ochib berdi va dunyo turizmini tubdan o‘zgartirib yubordi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » COVID-19 to‘lqini ostida cho‘kkan imperiya