
Turkiya mamlakatining g‘arbiy qismida joylashgan Balikesir viloyatida 6,1 ball kuchidagi zilzila qayd etildi. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ma’lumot berdi.
Zilzila oqibatida 26 nafar kishi jarohat olgan, ularning barchasi shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng uyiga javob berilgan va qurbonlar qayd etilmagan. Shu bilan birga, hodisadan keyin 12 marta 4 balldan yuqori aftershoklar kuzatilgani ham ma’lum qilindi.
Turkiya tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi — AFAD seysmologlarining xabar berishicha, zilzilaning markazi Balikesir viloyatida bo‘lgan va uning ta’siri nafaqat mahalliy aholi, balki Istanbul, Izmir hamda Manisa viloyatlarida ham sezilgan.
Balikesirning Sindirgi tumanida zilzila oqibatida uchta turar-joy va bir do‘kon qulab tushgan. Hozirda qutqaruvchilar tomonidan zarar yetgan binolar o‘rganilmoqda, aholi xavfsiz hududlarga vaqtinchalik ko‘chirilgan.
Vazir Yerlikayaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda barcha davlat xizmatlari faol holatda ishlamoqda, va fuqarolarga hushyorlikni oshirish hamda seysmik xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha chaqiriq qilingan.
Ayni vaqtda Istanbul, Izmir va Manisa viloyatlari hokimiyatlari o‘z hududlarida zilziladan keyingi salbiy oqibatlar yoki zarar holatlari qayd etilmaganini ma’lum qilgan, deb xabar berdi ria.ru.
Turkiyada keyingi yillarda kuzatilayotgan faol seysmik jarayonlar olimlarni ham tashvishga solmoqda. Muttaxassislar mamlakat hududida ayrim tektonik yo‘llar faollashayotganini va bunday tabiiy harakatlar xavfini oldindan baholash muhimligini ta’kidlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!