13:00 / 16.08.2022
2 326

Latviyalik ruslar Rossiya tajovuz qilsa Latviyani himoya qiladi(mi?)

Latviyalik ruslar Rossiya tajovuz qilsa Latviyani himoya qiladi(mi?)
Ukrainadagi urush sabab bo‘lgan bunday notinchlikni Latviya 1991 yildagi barrikadalardan beri kuzatmagan. NATO minglab askarlarini yubordi, Rossiya ommaviy axborot vositalari bloklandi va Rossiya agressiyasini qo‘llab-quvvatlaganlar haqiqiy qamoq jazosini olishi mumkin. Bularning barchasi Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlikdek ko‘rinadi va rus tilida so‘zlashuvchilar (aholining deyarli 40%) oldida rus televideniyesini tomosha qilishning 30 yillik tajribasi yoki ob’ektiv haqiqatga ishonish kabi tanlov oldida turibdi.

Men rusiyzabon oilada o‘sganman, millatim bo‘yicha o‘zim ham rusman, lekin o‘zimni Rossiya Federatsiyasi yoki rus dunyosiga tegishli deb hisoblamayman”, - deydi Latviya Milliy Qurolli Kuchlari mayori Anatoliy Deryugin.

U frontda har qanday tajovuzkor, hatto o‘ziga o‘xshagan ruslar bo‘lsa ham ularga qarshi kurashishga tayyor bo‘lganlardan biri.

Uyiga qaroqchi yoki qotil kelsa, qaysi millatdan bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z uyini himoya qiladigan odam uning millatiga qarab o‘tirmaydi. Agar u sening uyingga yaqinlaringizni o‘ldirish va uyingni buzish uchun kelgan bo‘lsa, u endi birodar va do‘st emas”, - deydi Anatoliy.

Anatoliy Deryuginga o‘xshaganlar ko‘payib bormoqda – latviyalik ruslar “rus dunyosi”ni ommaviy ravishda tark etmoqda va bu jarayonning eng yaqqol ko‘rsatkichi Ukrainadagi urush mavzusidagi sotsiologik so‘rovlardir.

SKDS tadqiqotiga ko‘ra, Rossiya tomonida Latviyada rus tilida so‘zlashuvchilarning 12 foizi bo‘lsa, atigi 5 foizi esa “qattiq” qo‘llab-quvvatlaydi. Mart oyida qo‘llab-quvvatlash deyarli ikki baravar yuqori - 22% gacha bo‘lgan. Shu bilan birga, hozirgi kunda rusiyzabonlarning 40 foizi Ukrainani qo‘llab-quvvatlasa, mart oyida ular 22 foizni tashkil etgan edi.

SKDS rahbari Arnis Kaktins buni boshqa narsalar qatori, an’anaviy ravishda Latviyada reytinglarning birinchi pog‘onasini egallab turgan Rossiya televideniyesining yopilishi bilan bog‘laydi. Ukrainada urush boshlanganidan beri mahalliy tartibga soluvchi organ Rossiyaning 131 veb-saytini va barcha rus telekanallarini, shu jumladan ko‘ngilochar kanallarni bloklagan.

Rossiya axborot makonidan chiqish juda tez ishlaganiga bir qancha sabablar bor.

Birinchidan, ko‘pgina latviyalik rusiyzabonlarning Rossiya bilan tildan boshqa umumiyligi yo‘q.

Latviya parlamenti a’zosi Boris Silevich VVC rus xizmatiga: “Rus tilining ona tilim bo‘lishi, xuddi tili ingliz bo‘lganu, britaniyalik bo‘lmagan avstraliyalik kabi meni rus xalqiga hech qanday tarzda yaqinlashtira olmaydi”, degan.

Silevichni mutlaqo anti-Rossiya siyosatchisi deb atash qiyin: uning "Soglasiye" partiyasi doimo rus tilida so‘zlashuvchi saylovchilarga e’tibor qaratgan va 2014 yilgacha u "Yedinaya Rossiya" bilan hamkorlik shartnomasiga ham ega edi.

Ikkinchidan, Boltiqbo‘yi rus tilida so‘zlashuvchilar, umuman olganda, Latviya va Yevropa Ittifoqidagi hayotdan, uning barcha afzalliklaridan mamnun. Siyosatshunos Filipp Rayevskiy “Latviyaning Rossiya tarkibiga kirishi yoki Rossiyadan ularni ozod qilish uchun kimdir kelishi haqidagi kayfiyat, masalan, Ukrainadagidan ancha past”, degan fikrini bildirgan.

Natijada, rossiyaliklar so‘rovlarda Ukrainani shunchaki qo‘llab-quvvatlamaydi. Ular Rossiyaga qarshi NATO tomonida kurashishga ham tayyor.

"Men jang qilishga tayyorman"
Anatoliy Deryugin o‘zining harbiy faoliyatini Latviya armiyasining ko‘ngilli tuzilmasi - Zemessardzda boshlagan. Keyin u professional xizmatga o‘tdi va hozir u 34-chi piyoda askarlari batalonining komandiri vazifasini bajarmoqda.

Mayor Deryuginning so‘zlariga ko‘ra, urush boshlangandan beri ko‘ngillilar oqimi bir yarim-ikki baravar ko‘paygan, ularning uchdan bir qismi esa rus tilida so‘zlashuvchilardir.

Menimcha, vatanparvarlik va o‘z davlatini himoya qilishga bo‘lgan munosabat siz gapirayotgan tilga bog‘liq emas, odamlar allaqachon o‘zlarini isbotlash uchun emas, balki o‘z vatanini himoya qilish uchun atay kelishmoqda”.

Ko‘pincha bu sharqiy chegaradan bir necha o‘nlab kilometr uzoqlikda, Rossiya tomonidan tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda birinchi safda bo‘ladiganlardir. Va ular buni juda yaxshi tushunishadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Latviyalik ruslar Rossiya tajovuz qilsa Latviyani himoya qiladi(mi?)