1 430
Gallup: ukrainlarning ko‘pchiligi urushni to‘liq g‘alabaga qadar davom ettirish tarafdori
Foto: Gallup
Gallup tahlil kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Ukraina fuqarolarining aksar qismi urushni 2014 yildan buyon boy berilgan barcha hududlar ozod etilguniga qadar davom ettirish kerak deb hisoblaydi.
Tadqiqot 2-11 sentyabr kunlari Ukrainaning barcha regionlari bo‘ylab o‘tkazilgan. Respondentlarning 70 foizi urushni g‘alabaga qadar olib borish zarurligini ma’lum qilgan. 26 foiz kishi harbiy harakatlarni tezroq yakunlash uchun muzokaralar boshlash tarafdori ekanini bildirgan. Erkaklar orasida harbiy harakatlarni davom ettirish tarafdorlari 76 foizni, ayollar orasida - 64 foizni tashkil etadi.
Urushni g‘alabaga qadar davom ettirishni yoqlaganlarga g‘alaba qanday bo‘lishi kerakligi borasida ikkinchi savol berilgan. So‘ralganlarning 91 foizi Ukraina 2014 yildan buyon boy berilgan barcha hududlarni, jumladan Qrimni qaytarishi zarurligini ma’lum qilgan. 5 foiz kishi esa 2022 yil fevralida Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan keyin Rossiya nazoratiga o‘tgan hududlarni qaytarish kerakligini aytgan. 4 foiz kishi esa g‘alaba 2014 yildan buyon boy berilgan hududlar qaytarilishini anglatishini aytgan, ammo bunda Qrim nazarda tutilmagan.
Gallup’ning qayd etishicha, mamlakatning harbiy harakatlar hududidan olisdagi regionlarida urushni g‘alabaga qadar davom ettirishning tarafdorlari ko‘proqni tashkil etadi — shimoliy, g‘arbiy va markaziy hududlarda 75-82 foiz (Kiyevda — 83 foiz). Mamlakat sharqi va janubida esa urushni davom ettirishni mos ravishda respondentlarning 56 va 58 foizi qo‘llagan.
Ukraina rahbariyati bir necha bor Rossiya tomonidan anneksiya qilingan barcha hududlar qaytarilishi lozimligini ma’lum qilgan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy oktabr oyi boshida BBC uchun bergan intervyusida birinchi galdagi vazifa — 2022 yil 24 fevraliga qadar bo‘lgan chegaralarga chiqish ekanini, ammo «asosiy reja» — 1991 yilda xalqaro miqyosda tan olingan barcha hududlar, jumladan Qrimni ham qaytarish bo‘lishi haqida gapirgandi.
Rossiya bosqini boshlanishi bilanoq Zelenskiy RF prezidenti Vladimir Putinga zudlik bilan urushni to‘xtatish uchun muzokaralar boshlashni taklif etgandi. 4 oktabr kuni, Ukrainaning to‘rt viloyati hududlari Rossiya tomonidan anneksiya qilingach, Zelenskiy Putin bilan «muzokaralar o‘tkazishni imkonsiz qiluvchi» hujjatni imzoladi. Shuningdek, Zelenskiy Ukraina muloqotga tayyorligi, ammo bu faqat «Rossiyaning boshqa prezidenti» bilan bo‘lishi mumkinligini ham aytgan.
Anneksiyadan keyin Putin Rossiya muzokaralarga tayyor ekani, ammo «qo‘shib olingan» hududlar maqomi muhokama qilinmasligini aytdi. 6 oktabr kuni Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko G20 mamlakatlari parlamentlari spikerlari sammitida Ukrainaga «bugunning o‘zida», faqat Rossiya shartlari asosida muloqot boshlashni taklif etdi.
14 oktabr kuni Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin ham muzokaralar imkoniyati haqida gapirdi, shu bilan birga buning uchun «ma’lum shartlar belgilab olinishi zarurligi»ni qo‘shimcha qildi. «Meduza» manbalariga ko‘ra, Kreml shu tariqa Ukrainaga yangi hujum boshlashga tayyorlanib olish uchun vaqtdan yutishga urinmoqda.
Rossiya1, Ukraina1, Rossiya harbiylari1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi