09:00 / 09.03.2023
713

Rossiya Ukrainaga yangi raketa zarbalari berdi

Rossiya Ukrainaga yangi raketa zarbalari berdi

Foto: Picture Alliance

Ukraina OAV Kaspiy dengizidan mamlakatning markaziy hududlari yo‘nalishi bo‘yicha raketalar qayta uchirilgani haqida xabar tarqatdi.

Ayni paytda birinchi uchirilgan raketalar natijalari haqida ma’lumotlar olinmoqda. Shunday qilib, Dnipro, Odessa shahri va Odessa viloyatida portlashlar qayd etildi.

Rossiya raketalari Vinnitsa, Ternopil va Xmelnitskiy viloyatlari ustida aniqlangan. Dnipropetrovsk, Mikolayiv va Odessa viloyatlarida havo hujumidan mudofaa tizimi ishlashda davom etmoqda.

Butun Ukraina bo‘ylab havo trevogasi e’lon qilindi. Rossiya tomonidan Skadovsk hududidan raketa uchirilishi qayd etilgan. Odessa viloyati va Pavlogradda havo mudofaa tizimi ishlab ketdi.

Avvalroq Zaporijjya shahridagi turar joy binosiga Rossiya raketa hujumi qurbonlari soni 10 kishiga yetgandi.

2 martga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Ukraina nazoratidagi Zaporijjya shahrini o‘qqa tutdi. Raketalardan biri besh qavatli uyga kelib tushgan, pod’ezd va 10 dan ortiq kvartira vayron bo‘lgan.

Ukraina favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan 12 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Volodimir Zelenskiy Zaporijjyaga zarbaga munosabat bildirib, «terrorchi davlat ukrainlar uchun har bir kunni terror kuniga aylantirishni xohlashi»ni aytdi va navbatdagi zarbani «vahshiylik» deb atab, «harbiy javob» qaytarishni va’da qildi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo