00:30 / 12.05.2023
490

Olimlar 2100 yilga borib Yerdagi iqlim tanib bo‘lmas darajada o‘zgarishini aytmoqda

Olimlar 2100 yilga borib Yerdagi iqlim tanib bo‘lmas darajada o‘zgarishini aytmoqda
Foto: EPA
Jorj Meyson universiteti (AQSH) olimlari 2100 yilgacha Yer ob-havosini modellashtirishdi va umidsiz xulosaga kelishdi: sayyora shu qadar o‘zgaradiki, 1880 yillarda Kyopper tizimi bo‘yicha tuzilgan iqlim xaritalarini qaytadan chizish kerak bo‘ladi. Tadqiqot Earth's Future jurnalida chop etildi.
 
«XX asrning boshidan beri Yer yuzining 14,77 foizida iqlim o‘zgarishlari yuz berdi. Eng muhim o‘zgarishlar Shimoliy Amerika, Yevropa va Okeaniyada kuzatildi», dedi Pol Dirmeyer, bosh tadqiqotchi va iqlimshunos olim.
 
Yangi tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, asr oxiriga borib, dunyoning 38-40 foiz hududi boshqa iqlim zonalariga o‘tadi. Ya’ni, yer sharining deyarli yarmi yangi sharoitlarga duch keladi.
 
Tropik iqlim 25 foizgacha kengayadi, qurg‘oqchilik 34 foizgacha hududni egallaydi. Eng sezilarli o‘zgarishlar Yevropa va Shimoliy Amerikada kutilmoqda. Bu qit’alarning mos ravishda 89 foiz va 66 foiz hududi boshqa iqlim zonasiga o‘tadi.
 
Biroq, iqlim zonalarining o‘zgarishi faqat «imkoniyatlar oralig‘ini» ifodalaydi, chunki ba’zi o‘zgaruvchilarni (masalan, yog‘ingarchilik) boshqalarga (haroratga) qaraganda modellashtirish qiyinroq, deyiladi tadqiqotda. O‘zgarishlar, shuningdek, okeanlar va Antarktidadan tashqari faqat quruqlikni qamrab oladi (ma’lumotlardagi bo‘shliqlar tufayli). Boshqacha qilib aytganda, amalda o‘zgarishlar ancha jiddiyroq bo‘lishi mumkin.
 
Mualliflar fikriga ko‘ra, global isish sur’ati tezlashishi aniq. Bu oziq-ovqat ishlab chiqarish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va chivinlar tarqatadigan kasalliklarning ko‘payishiga olib kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo