Pokiston va Afg‘oniston bir hafta davom etgan qurolli to‘qnashuvlardan so‘ng Dohada tinchlik muzokaralarini boshladi. Muzokaralar paytida o‘t ochishni to‘xtatish muddati uzaytirildi. To‘qnashuvlarda o‘nlab odamlar halok bo‘lgan, yuzlab kishi yaralangan edi.
Muzokaralarda chegaradagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish masalasi muhokama qilinmoqda.
Pokiston Afg‘onistonni o‘z hududida jangarilarga boshpana berayotganlikda aybladi. Kobul esa bu ayblovlarni rad etib, aksincha Pokistonni o‘z hududiga zarba berishda aybladi.
Afg‘oniston hukumati Pokiston o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay havo hujumlari uyushtirganini bildirdi. Pokiston esa zarbalar faqat jangari guruhlarga qaratilganini aytdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar