G‘azoning shimolida Isroil tanki avtobusni urishi oqibatida bir oilaning 11 a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda Hamas boshqaruvidagi fuqarolik mudofaasi xabar berdi. Qurbonlar orasida ayollar va bolalar ham bor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Abu Shaban oilasi o‘z uylarini ko‘rish uchun qaytayotgan paytda avtobus Zaytun tumanida nishonga olingan. Bu voqea o‘tgan haftada e’lon qilingan sulhdan beri eng ko‘p qurbonlar bilan bog‘liq hodisa bo‘ldi.
Isroil armiyasi esa avtobus “shubhali transport vositasi” bo‘lgani uchun o‘t ochilganini bildirdi. Hamas bu ayblovni rad etib, tinch aholiga qarshi hujum sodir etilganini aytdi.
Hozircha voqea tafsilotlari to‘liq aniqlanmagan. Isroil mudofaa vaziri chegara hududlarini aniq belgilash choralarini ko‘rishlarini ma’lum qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!