date

Falastinliklar uchun G‘azoga qaytish yo‘li ochiladi

Falastinliklar uchun G‘azoga qaytish yo‘li ochiladi
G‘azo sektorining Misr bilan tutash Rafah chegara punkti dushanba kuni qayta ochiladi. Bu haqda Falastinning Misrdagi elchixonasi ma’lum qildi. Chegara 2024-yil mayidan beri yopiq edi. Endilikda Misrda yashovchi falastinliklarga G‘azoga qaytish imkoniyati yaratiladi.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi haftalarda G‘azoga har kuni o‘rtacha 560 tonna oziq-ovqat kirib kelmoqda, ammo bu ehtiyojni to‘liq qoplay olmayapti. Urush va blokada tufayli G‘azoda oziq-ovqat va dori-darmon tanqisligi davom etmoqda.

Rafah punkti Isroil kuchlari G‘azo tomonini nazoratga olgach yopilgan edi. Endilikda Misrda yashovchi falastinliklarga G‘azoga qaytish imkoniyati yaratiladi.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, 400 dan ortiq kishi ochlikdan halok bo‘lgan. Isroil bu raqamlarni rad etmoqda, biroq yordam yetkazishdagi cheklovlar saqlanib qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Falastinliklar uchun G‘azoga qaytish yo‘li ochiladi