Foto: Getty Images
Yohannesburgda bo‘lib o‘tayotgan BRISS sammiti sayyoraning qariyb 3,5 milliard aholisi yashovchi davlatlar rahbarlarini bir tom ostida birlashtirdi.
Bu yerda Janubiy Afrika va Braziliya prezidentlari, Hindiston bosh vaziri, sammitdagi chiqishini so‘nggi daqiqada bekor qilgan Xitoy raisi va Xalqaro jinoiy sud tomonidan hibsga olish uchun order berilgani sababli Janubiy Afrikaga safarini bekor qilgan Rossiya prezidentining vakili bo‘lgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bor edi.
Chiqish qildi, ammo kelmadi
Videoaloqa orqali chiqish qilgan Rossiya prezidenti, Ukrainadagi urush boshlanishi haqidagi o‘z versiyasini yana bir bor takrorladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, inqirozga ayrim mamlakatlarning mustamlakachilik siyosatini davom ettirayotgani sabab bo‘lgan va ularning «dunyo gegemonligini saqlab qolish» istagi 2014 yilda Ukrainada «to‘ntarish»ga olib kelgan, shundan so‘ng G‘arb go‘yoki Rossiya javob berishi kerak bo‘lgan urushni «boshlagan».
«Rossiya insonlarni o‘z madaniyati, an’analari, tili va kelajagini saqlab qolish uchun kurashda qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi», degan Rossiya prezidenti «DXR» va «LXR»ga ishora qilib.
Putin urush deb atashdan qochadigan Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari, uning so‘zlariga ko‘ra, «G‘arb Donbass aholisiga qarshi boshlagan urushga chek qo‘yish» uchun amalga oshirilgan.
O‘z chiqishini G‘arbga qarshi ayblovlar bilan yakunlagan Vladimir Putin BRICS sammiti «xalqaro huquq va BMT nizomi asosidagi dunyo tartibini qo‘llashi» va xalqlarning mustaqil rivojlanish huquqini himoya qilishini eslatib o‘tishga qaror qilgan.
Shuningdek, u BRICS’ning ustuvor vazifasi Rossiya portlarini Fors ko‘rfazi va Hind okeanidagi yuk terminallari bilan bog‘laydigan yangi, ishonchli va xavfsiz transport yo‘llarini yaratish bo‘lishi kerakligini aytgan.
Putin ilm-fan, innovatsiyalar, sog‘liqni saqlash, ta’lim va umuman, humanitar aloqalarni rivojlantirish kabi sohalarda ham hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
U yig‘ilganlarga BRICS’ning navbatdagi sammiti 2024 yil oktyabr oyida Rossiyada, aniqrog‘i Qozonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotganini xabar qilgan.
Keldi, ammo chiqish qilmadi
Rossiyalik hamkasbidan farqli o‘laroq, shaxsan Janubiy Afrikaga kelgan va 22 avgust kuni biznes-forumda Hindiston, Braziliya va Janubiy Afrika rahbarlari bilan birga chiqish qilishi kerak bo‘lgan Xitoy raisi Si Jinping kutilmaganda bu tadbirni o‘tkazib yubordi.
Uning oldindan tayyorlab qo‘yilgan nutqini Xitoy savdo vaziri Van Ventao o‘qib eshittirdi, unda AQShga mohirona yashirin hujum bor edi. Shuningdek, Si Jinping dunyoni «yangi sovuq urush tubiga tushib ketmaslik»ka chaqirgan.
Sining nutqida rossiyalik hamkasbi bilan kelishmasdan va AQShni to‘g‘ridan to‘g‘ri tilga olmasdan, «o‘z gegemonligini saqlab qolish g‘oyasiga sodiq bir mamlakat rivojlanayotgan mamlakatlarga zarar yetkazish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirmoqda», deya ta’kidlagan.
«Xitoy iqtisodiyoti mustahkam, u ulkan salohiyat va katta hayotiylikka ega. Xitoyning uzoq muddatli o‘sishini qo‘llab-quvvatlovchi fundamental asoslar o‘zgarishsiz qoladi. Xitoy iqtisodiyotining ulkan kemasi to‘lqinlarni kesib o‘tishni va oldinga suzishni davom ettiradi», degan Jinping Xitoy iqtisodiyoti boshdan kechirayotgan muammolar haqidagi savollarni oldindan javob berib.
Si Jinpingning chiqishi bu yil hisobidan uning xorijdagi ilk omma oldidagi chiqishi bo‘lar edi. Bungacha Xitoy rahbari 2023 yilda Rossiyaga tashrifi chog‘ida atigi ikki kun xorijda bo‘lgan edi.
Hindcha pozitiv
Hozircha sammitdagi eng pozitiv chiqish Hindiston bosh vaziri Narendra Modining BRICS’ga a’zo davlatlarni so‘nggi yutuqlar, xususan, Yangi taraqqiyot banki (YaTB) tashkil etilgani bilan tabriklagan nutqi bo‘ldi.
Aslida, bank ancha oldin yaratilgan, ammo 2022 yilda u Hindiston va qo‘shni Bangladeshdagi rivojlanish loyihalarini moliyalashtirish uchun Dehlida o‘z vakolatxonasini ochishini e’lon qildi.
«Biz moliyaviy xavfsizlik tarmog‘ini yaratdik», degan Modi bu borada.
Hindistonning Oy dasturi muvaffaqiyatidan ilhomlangan Modi BRICS mamlakatlarini kosmik texnologiyalar sohasidagi hamkorlik qilishga, xususan, BRICS sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i va «Kosmik tadqiqotlar konsorsiumi»ni yaratish haqida o‘ylashga taklif qildi.
Hindiston bosh vaziri, shuningdek, BRICS mamlakatlarida ta’lim darajasini oshirish, an’anaviy tibbiyot vositalari markaziy bankini yaratish va hatto «katta mushuklar»ni himoya qilish uchun ko‘proq sa’y-harakatlarni amalga oshirishga imkon beruvchi texnologiyalarga investitsiyalar kiritish bo‘yicha kelishib olishni taklif qilgan. JAR prezidenti Siril Ramafosa «katta mushuklar» borasida hazillashib: «Agar sizga ko‘proq gepardlar kerak bo‘lsa, siz gepardlar uyiga keldingiz», degan va bu zalda kulgiga sabab bo‘lgan.
Modi o‘z chiqishi so‘ngida Hindiston tashkilotga yangi mamlakatlarni qabul qilish orqali BRICS’ni kengaytirishni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.
Ramafosa tashkilotga yangi a’zolar qabul qilinishi bo‘yicha anons berdi. «Biz BRICS’ga Argentina, Efiopiya, Eron, Saudiya Arabistoni va BAAni rasman taklif etishga qaror qildik. Ularning a’zoligi 2024 yil 1 iyuldan boshlanadi», degan u.
Sergey Lavrov, JAR, Vladimir Putin, Narendra Modi, Si Jinping, BRISS sammiti “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring