20:32 / 14.03.2024
540

Yadroviy barqudrat davlatlarning arsenalida qancha atom bomba bor?

Yadroviy barqudrat davlatlarning arsenalida qancha atom bomba bor?
Foto: Anadolu
Ukrainadagi urush ortidan global dunyoda yadroviy kallaklarni qisqartirishga nuqta qo‘yildi, yana yadroviy urush bot-bot tilga olina boshladi. Hattoki yadroviy qurollarning soni yana ortmoqda.

Stokholmdagi xalqaro tichlik muammolarini o‘rgani instituti (SIRPI)ning 2023 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, jahondagi 9 ta yadroviy barqudrat davlatlarida jami 12 512 ta yadroviy kallaklar bor. Mamlakatlarning so‘nggi yillarda bu sohaga qilgan investitsiyalari 82 mlrd dollardan oshgan, deb yozadi Anadolu agentligi.

Rossiya 5889 ta yadroviy kallagi bilan bu davlatlar ichida birinchi o‘rinni egallaydi. Rossiyadan keyingi o‘rinlarda 5244 ta atom bombasi bilan AQSH va 410 ta yadroviy ommaviy qirg‘in quroliga ega Xitoy bormoqda.

Fransiyada — 290 ta, Buyuk Britaniyada — 225 ta, Pokistonda — 170 ta, Hindistonda — 164 ta, Isroilda — 90 ta va Shimoliy Koreyada 30 ta yadroviy qurol bor.

SIRPI hisobotiga ko‘ra, so‘nggi yillarda dunyoda yadroviy kallaklarning soni qisqarib borgan. Bunga asosan AQSH va Rossiyada eskirgan va ishlatilmaydigan kallaklarni yo‘q qilish hisobiga erishilgan.

Endi esa global miqyosda ishlatilishga shay yadroviy kallaklarni qisqartirish cho‘zilib ketdi, ularning soni esa yana o‘sa boshlagan.

AQSH va Rossiya o‘z yadroviy kallaklari, raketalarni uchirish tizimlari, samolyotlar, suv osti kemalarini, shuningdek, yadroviy qurolni ishlab chiqarish bo‘yicha zavodlarni yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha keng qamrovli dasturlarni amalga oshirdi.

2022 yil yanvarida 350 ta deb hisoblangan Xitoyning yadroviy kallaklari soni 2023 yil yanvarida 410 ta yetgan. Garchi Xitoyning yadroviy salohiyati aniq bo‘lmasa-da, bu ma’lumotlar AQSH mudofaa vazirlishi ma’lumotlari asosida hisobotga kiritilgan.

«Yadroviy qurolni taqiqlashga intilish» tashkiloti hamda Yadroviy quroldan voz kechish bo‘yicha xalqaro tashabbus (ICAN) tomonidan tayyorlangan hisobotlarda 2019–2022 yillarda yadroviy qurolga ega 9 mamlakatda bu sohaga kiritilgan investitsiyalar miqdori ham ochiqlangan.

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilda dunyo bo‘ylab yadroviy qurolga investitsiyalar miqdori 72,9 mlrd dollarga yetgan, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 72,6 mlrd, 2021 yilda esa 82,9 mlrd dollarni tashkil etgan. So‘nggi 4 yil ichida investitsiyalar miqdori 10 mlrd dollarga o‘sgani qiziqarli.

Yadroviy qurolga eng ko‘p mablag‘ sarflagan AQSH ortidan Xitoy, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Hindiston, Isroil, Pokiston va KXDR joylashgan.

2019 yilda AQSH yadroviy qurolga 35,4 mlrd, 2020 yilda — 37,4 mlrd, 2021 yilda 44,2 mlrd, 2022 yilda 43,7 mlrd dollar sarflagan.

Xitoyning 2021 va 2022 yillardagi xarajatlari 11,7 mlrd dollarga yetgan. Rossiya 2021 yilda 9,6 mlrd, Buyuk Britaniya 6,8 mlrd, Fransiya 5,6 mlrd sarflagan.

Hindistonning ko‘rsatkichlari 2,7 mlrd, Isroilniki 1,2 mlrd, Pokistonniki 1 mlrd, KXDRning 2021 yildagi investitsiyasi hajmi 589 mln dollarni tashkil etmoqda. Qayd etish joizki, sohaga investitsiya hajmi yildan yilga tushib borayotgan yagona davlat Shimoliy Koreya bo‘lib turibdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo