Xalqaro arXiv olimlar guruhiga qo‘shilgan NASA mutaxassislari 2024 YR4 asteroidini yo‘q qilish uchun yadroviy zarba variantlarini taklif qildi. Bu haqda jamoa saytida ma’lum qilindi.
Olimlar ikki ssenariyni ko‘rib chiqishdi: birinchisi — asteroid orbitasini o‘zgartirish, ikkinchisi — yadro quroli yordamida uni parchalash. Mutaxassislarning baholashicha, bu ish uchun quvvati bir megatonna bo‘lgan yadroviy qurol yetarli bo‘ladi.
So‘nggi qaror 2028 yil oxirida, ya’ni asteroid Yerga yaqinlashganda qabul qilinishi kutilmoqda. 2024 YR4 dekabr oyida aniqlangan bo‘lib, diametri taxminan 60 metrni tashkil etadi. U shaklan xokkey shaybasiga o‘xshash va har 20 daqiqada o‘z o‘qi atrofida aylanadi.
Tahlillarga ko‘ra, asteroid Mars va Yupiter oralig‘idagi asosiy kamardan ajralib chiqqan va silikatlarga boy. Uning Yerga to‘qnash ehtimoli 0,28 foiz, Oyga urilish ehtimoli esa 4 foiz deb baholangan.
Mutaxassislar ogohlantirishicha, agar Yerga to‘qnashsa, portlash Hirosimadagi yadroviy zarbadan 2000 marta kuchli bo‘ladi. Agar Oyga urilsa, u holda sun’iy yo‘ldoshlar, teleskoplar va fazoviy stansiyalarni ishdan chiqaradigan ulkan chang qatlamlari paydo bo‘lishi mumkin.
NASA olimlari asteroidni yadroviy zarba bilan yo‘q qilishni taklif qildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar