Angliya Premer-ligasi 6-turidan o‘rin olgan «Etixad»dagi bahs haqiqiy gol yomg‘iri bilan yakunlandi. Xosep Gvardiola shogirdlari o‘z maydonida mehmon bo‘lgan «Byornli» ustidan 5:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvning dastlabki qismidayoq «shaharliklar» ustunlikni qo‘lga kiritdi. Raqib himoyachisi Esteve 12-daqiqada o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi va hisob ochildi.
Birinchi bo‘limdayoq raqib darvozasiga yo‘l topilganiga qaramay, «Manchester Siti» to‘xtamadi. Nuneshning 61-daqiqadagi aniq zarbasi hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Bundan tashqari, shu kuni omadsiz o‘yin namoyish etgan Esteve 65-daqiqada yana bir bor avtogolga yo‘l qo‘ydi va hisob yanada kattalashdi.
Bahsning eng yorqin daqiqalari so‘nggi qismda yuz berdi. Jamoa yetakchisi Erling Xoland o‘z mahoratini namoyish qilib, raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol etdi va dublni qayd etdi.
«Byornli»ning yagona goli uchrashuvning 38-daqiqasida Entoni tomonidan urildi. Biroq bu natijaga ta’sir ko‘rsatmadi. 5:1 hisobida qayd etilgan g‘alaba «Manchester Siti»ning musobaqadagi yuqori maqomini yanada mustahkamladi.
APL. 6-tur
Manchester Siti — Byornli 5:1
Gollar: Esteve 12 (avt), 65 (avt), Nunesh 61, Holand 90, 90+3 (dubl) — Entoni 38.
Manchester Siti: Donnarumma - Nunesh, Diash, Gvardiol (Ake 70), O’Reyli (Lyuis 83) - Niko - Savinio (Bobb), Reynders (B. Silva 83), Foden, Dok-u - Holand.
Bernli: Dubravka – Uoker, Loran, Ekdal, Esteve, Gartman (Mejbri 88) – Chauna (Bruun Larsen 62), Kallen (Broya 79), Florentinu, Entoni (Xamfris 88) – Foster (Ugochukvu 80).
Ogohlantirishlar: Gartman 27, Uoker 30, Foden 83 - Entoni 63.
Shu tariqa, Gvardiola jamoasi muxlislarini yana bir marotaba gollar bilan xursand qildi va APLdagi asosiy favoritlardan biri ekanini isbotladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!