date

Eron Isroilning yadroviy hujjatlari “xazina”sini qo‘lga kiritdi

Eron Isroilning yadroviy hujjatlari “xazina”sini qo‘lga kiritdi

Eron razvedka idorasi Isroilning yadroviy va harbiy markazlari haqidagi maxfiy ma’lumotlarni, shuningdek, u yerda faoliyat yuritgan olimlar va xizmatchilar ro‘yxatini qo‘lga kiritgani ma’lum qilindi.

Bu haqda Islom Respublikasi razvedka vaziri Ismoil Xatib Tasnim agentligiga bergan intervyusida ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatga yetkazilgan “ma’lumotlar xazinasi”da Isroilga oid millionlab sahifalardan iborat turli va qimmatli hujjatlar mavjud.

“Ushbu hujjatlarda rejimning ilgargi va amaldagi qurol dasturlari, eski yadroviy qurollarni modernizatsiya qilish va qayta ishlash rejalari, AQSH hamda bir nechta Yevropa davlatlari bilan hamkorlikdagi loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar mavjud. Shuningdek, ma’muriy tuzilmalar va yadroviy qurol yaratishda ishtirok etgan shaxslar ro‘yxati ham joy olgan”, — dedi vazir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Isroilning yadroviy hujjatlari “xazina”sini qo‘lga kiritdi