date

AQSHda ayol ChatGPT orqali 150 ming dollar yutdi

AQSHda ayol ChatGPT orqali 150 ming dollar yutdi

AQSHning Virjiniya shtatida yashovchi Ari Edvards kutilmaganda katta omadga duch keldi. U lotereyada 150 ming dollar yutib oldi va bu g‘alabada ChatGPTning ham hissasi bor.

New York Post yozishicha, Edvards neyron tarmoqdan tasodifiy raqamlar kombinatsiyasini so‘ragan. Bu raqamlar esa lotereya g‘olib raqamlari bilan to‘liq mos kelgan. "Men: «ChatGPT, men bilan suhbatlash... Men uchun raqamlaring bormi?» dedim", — deb eslaydi u.

Shu tariqa, ayol katta miqdordagi pul yutdi. Ammo Edvardsning aytishicha, u g‘alabadan oldin ham bu mablag‘ni qanday ishlatishini aniq bilgan. "Bu ilhomli omad menga nasib etgan zahoti, uning yo‘lini ham angladim. Va men barchasini xayriya qilishim shartligini his qildim", — degan u.

Edvards mablag‘ni turli notijorat tashkilotlarga ajratishni rejalashtirmoqda. Ular orasida demans ildizlarini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi Frontotemporal Degeneratsiya Assotsiatsiyasi ham bor. Ushbu xayriya orqali u o‘tgan yili shu kasallikdan vafot etgan turmush o‘rtog‘ining xotirasini yod etishni maqsad qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda ayol ChatGPT orqali 150 ming dollar yutdi