date

"Atletiko Madrid" "Real"ni yer tishlatdi – 5:2 (video)

"Atletiko Madrid" "Real"ni yer tishlatdi – 5:2 (video)

La Liganing 7-turidan o‘rin olgan Madrid derbisi futbol muxlislariga ajoyib shou taqdim etdi. “Atletiko Madrid” o‘z maydonida “Real Madrid”ni 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Dastlab Roben Le Norman 14-daqiqada hisobni ochdi, keyin esa Alexander Sørloth 45+3’da ikkinchi golni kiritdi. Real bu zarbalarga Kylian Mbappe (25') va Arda Guler (36') orqali javob qaytardi — tanaffusga qadar hisob 2:2 bo‘lib turdi.

Ammo ikkinchi bo‘limda sahna “Atletiko”niki bo‘ldi. Julian Alvarez 51-daqiqada penaltidan, 63-daqiqada esa o‘yin davomida yana gol urdi. Yakuniy nuqtani Antuan Grizmann 90+3-daqiqada qo‘ydi — 5:2.

Statistikada Real ustun edi: 63% to‘pga egalik, 534 pas, 87% aniqlik. Lekin gollar va hujumda Atletiko foydaliroq o‘ynadi — 13 zarba, 7 aniq zarba, 5 gol.

Bu Real Madridning mavsumdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi, Atletiko esa kuchli to‘rtlikka kirib

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Atletiko Madrid" "Real"ni yer tishlatdi – 5:2 (video)