21:55 / 08.07.2024
339

Afg‘onistonlik xat-savodsiz kirakashlar qanday kun kechiradi?

Afg‘onistonlik xat-savodsiz kirakashlar qanday kun kechiradi?
Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida istiqomat qiluvchi Abdurahim ismli kirakash o‘zining hayoti haqida “Daryo” muxbiriga so‘zlab berdi.

Shu paytgacha hayotim og‘ir kechdi, 5 yoshdaligimda avval otam, bir yildan keyin onam vafot etdi. Oilam iqtisodiy muammolarga to‘qnash keldi. Afg‘onistonda urush boshlangach, Pokistonga ko‘chib ketishga majbur bo‘ldik va u yerda ham og‘ir kunlarni boshdan kechirdik”, deydi Abdurahim.

Foto: Daryo
Suhbat chog‘ida u, shuningdek, mamlakatdagi iqtisodiy muammolar va ota-onasining hayotdan erta ko‘z yumgani sabab o‘qish va yozishni o‘rgana olmay qolganini aytib berdi.

“Daryo” muxbiri Abdurahimdan hayotdagi eng katta orzusi haqida so‘raganida, u o‘qish va yozishni o‘rganishni juda ham xohlashini ma’lum qilgan.

Uch g‘ildirakli velosipedda yo‘lovchini biror joyga olib bormoqchi bo‘lsam, yo‘lovchi menga manzil yozib beradi. Afsuski, men uni o‘qiy olmayman, bu men uchun achinarli”, deydi Abdurahim.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Pokistondan Afg‘onistonga kelganiga 2 yil bo‘lgan, yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan uch g‘ildirakli velosiped — “riksha” sotib olib, o‘z kunini ko‘ra boshlagan. Abdurahimning so‘zlariga qaraganda, shahar ma’murlari unga shaharda mashina haydashga ruxsat bersa, u yaxshi ishlab, ko‘proq pul topardi. Abdurahmonning oilasi 8 kishidan iborat, ularning xarajatlari, tirikchilik uchun pul topish juda qiyin.

Abdurahim Afg‘onistonga qaytib, shu yerda yashayotganidan mamnun ekanligini, kuniga 500-700 afg‘oni topishini, o‘z mehnati bilan pul ishlab, mashina sotib olmoqchiligini aytgan.

Ayni paytda Mozori Sharifning yana bir fuqarosi Muhammad Ibrohimda ham uch g‘ildirakli velosiped bo‘lib, o‘z kasbi va hayotidan umuman qoniqmaydi. Muhammad Ibrohimning aytishicha, u ertalabdan kun botgunga qadar ulovida yo‘lovchi tashiydi va 300 afg‘onidan ortiq pul topa olmaydi.

Bu pulga faqat non sotib olib, qornimizni to‘yg‘azishimiz mumkin”, deydi Muhammad Ibrohim.

Suhbat davomida u maktabni bitirgani, o‘qish va yozishni bilishi, biroq qo‘lidan mazkur ulovni boshqarishdan boshqa hech narsa kelmasligini ta’kidlagan.

AQSH Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqib ketgach, mamlakatdagi iqtisodiy inqirozdan so‘ng minglab fuqarolar Afg‘onistondan Yevropa va qo‘shni davlatlarga ko‘chib ketgan. Qochqinlarning asosiy qismi yoshlardan iborat.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonlik xat-savodsiz kirakashlar qanday kun kechiradi?
ePN