16:22 / 16.08.2024
257

O‘tmishda bir kecha-kunduz 26 soatdan uzunroq bo‘lgan

O‘tmishda bir kecha-kunduz 26 soatdan uzunroq bo‘lgan
Yerda sutka (bir kecha-kunduz) o‘tmishda 24 soatdan ortiq davom etgan va bu murakkab hayot formalarining jadal rivojlanishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin. Xitoyning Chendu texnologiya universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi. Ushbu tadqiqot natijalari Proceedings of the National Academy of Sciences (PNAS) ilmiy jurnalida e’lon qilindi.

Olimlarning fikricha, Yer tarixida sayyoraning o‘z o‘qi atrofida aylanish tezligi keskin o‘zgargan ikki davr bo‘lgan. Bu davrlarda Yer o‘z o‘qi atrofida nisbatan sekinroq aylanib, sutkalar davomiyligi hozirgiga nisbatan 2,2 soat uzunroq bo‘lgan.

Tadqiqotchilar Yer sutkalarining uzunligi Oyning joylashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan, degan farazni ilgari surishmoqda. Ya’ni o‘sha davrda Oy Yerdan taxminan 20 ming kilometrga uzoqlashishi sababli sayyoramizning o‘z o‘qi atrofida aylanishi sekinlashgan (hozir Oygacha masofa — 384,4 ming kilometr).

Shu davriy kesimlardan biri taxminan 650-500 mln yillar avval yuz berib, «kembriy portlashi»ga to‘g‘ri keladi, sayyoramizda hayot keskin o‘zgarib, yangi ekologik muhitlar yuzga kelgan.

Ikkinchi sekinlashuv — taxminan 340-280 mln yillar oldingi davr, bu paytga kelib Yerni ulkan muzliklar qoplagan.

Tadqiqotchilarning nazarida, Oy kunning uzayishi va o‘z-o‘zidan Quyosh ta’sirining kuchayishiga sababchi bo‘lib, ulkan oksigenatsiya (muhitning kislorod bilan to‘yinishi)ni keltirib chiqargan, bu esa evolyutsion portlashga olib kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘tmishda bir kecha-kunduz 26 soatdan uzunroq bo‘lgan