date

Klaudio Xiraldes: "Bu faqat 3 ochko"

Klaudio Xiraldes: "Bu faqat 3 ochko"
"Selta" bosh murabbiyi Klaudio Xiraldes Madridning "Real" jamoasiga qarshi o‘yinni tahlil qildi. Vigo klubi La Liganing 15-turida 2:0 hisobida zafar quchdi.

"O‘tgan mavsumda Xetafedagi voqealar ko‘proq ahamiyatga ega edi, chunki biz Yevrokubok yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik. "Santyago Bernabeu"da g‘alaba qozonish barcha uchun yoqimli, lekin bu faqat 3 ochko va ular boshqa istalgan ochkolar bilan teng qiymatga ega", - deydi Xiraldes "Mundo Deportivo" nashriga.

"Biz yaxshi himoyalandik va bizga g‘alaba uchun zarur bo‘lgan biroz omad ham kulib boqdi. Ular hisobni tenglashtirish yoki g‘alaba qozonish uchun imkoniyatlarga ega bo‘ldi.

Futbolchimiz maydondan chetlatilgach, to‘p bilan yomon harakat qilganimiz sababli mag‘lubiyatga uchrashimiz ham mumkin edi." Shuningdek, Xiraldes ikkinchi bo‘limda yelkasidagi og‘riqlar tufayli maydonni tark etgan Pablo Duran haqida ham to‘xtalib o‘tdi. "U - haqiqiy jangchi.

U og‘riqqa dosh berdi. Kubokdagi o‘yindan keyin energiyani saqlab qolish juda muhim edi.

Biz imkon qadar uzoqroq bardosh berishni xohladik. Uning yelkasi bezovta qilayotgan bo‘lsa-da, umid qilamizki, bu jiddiy emas.

U ko‘rsatgan jasorat va jismoniy harakatlari uchun minnatdorman." Xiraldes "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirib, unga hamdardlik bildirdi. "U himoya bosqichida va jarohatlar bilan bog‘liq vaziyatlarda omadsizlikka duch kelmoqda.

Karlo Anchelotti bilan uzoq vaqt ishlagandan keyin moslashish uchun vaqt kerak. "Real"ga undan yaxshiroq murabbiy kerak emas, ular sabrli bo‘lishlari kerak." Ushbu uchrashuvdan so‘ng, "Selta" 19 ochko bilan 10-o‘rinda, "Real Madrid" esa 36 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Klaudio Xiraldes: "Bu faqat 3 ochko"