date

Tailand Kambodjaga aviazarba berdi

Tailand Kambodjaga aviazarba berdi

Tailand harbiylari Kambodjaning bahsli chegara hududidagi pozitsiyalariga aviazarba berganini ma’lum qildi. Bangkok bu hujumni Kambodja tomonidan sodir etilgan hujumga javob deb atadi.

Tailand rasmiylariga ko‘ra, yakshanba kuni ikki askar halok bo‘lib, yana to‘rt nafari jarohat olgan. Kambodja esa o‘z harbiylari birinchi bo‘lib o‘q otmaganini ta’kidlamoqda.

Ularning fikricha, mojaro Tailand tomonidan boshlangan, kambodjalik harbiylar esa javob bermagan. Dushanba kuni Tailand armiyasi Kambodja tomonidan chegara yaqinida qurol tashish uchun qurilgan funikulyorni yo‘q qilinganini e’lon qildi.

Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegara mojarosi uzoq yillardan beri davom etmoqda. Oxirgi jiddiy to‘qnashuv iyul oyida yuz bergan edi.

O‘shanda besh kun davom etgan otishmalar o‘nlab odamlarning halok bo‘lishiga olib kelgan. Keyinchalik Malayziya vositachiligida tomonlar sulhga kelishgan.

AQSH prezidenti Donald Tramp ham tinchlik muzokaralarida ishtirok etgan. U har ikki davlat rahbarlariga qo‘ng‘iroq qilib, agar otishmalar to‘xtatilmasa, savdo tariflari bo‘yicha muzokaralarni muzlatib qo‘yishi mumkinligini ogohlantirgan.

Hatto oktyabr oyida Tramp Malayziyaga kelib, tomonlar o‘rtasidagi tinchlik deklaratsiyasining imzolanishiga guvoh bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tailand Kambodjaga aviazarba berdi