
Barselona darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Seskio Busketsning futbolchilik faoliyatini yakunlaganiga munosabat bildirdi. MLS pley-off finalida "Inter Mayami" "Vankuver Uaytkaps"ni 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchratgan oʻyin ispaniyalik yarim himoyachining 37 yoshdagi futbolchilik faoliyatidagi oxirgi oʻyini boʻldi.
Bir necha oy avval Buskets mavsum yakunida butsalarini mixga ilishini eʼlon qilgan edi. "Ajoyib faoliyating bilan tabriklayman, Busi.
Sening yana bir sovrin bilan maydondan ketayotganingni koʻrish juda yoqimli. Barselona va futbol afsonasi, oʻz pozitsiyasida tarixdagi eng yaxshilardan biri.
Sen bilan bir jamoada oʻynash men uchun katta quvonch boʻldi. Yangi bobingda omad tilayman", – deya ter Shtegen oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirdi.
Sergio Buskets 2008 yildan 2023 yilgacha Barselonaning asosiy jamoasida oʻynagan, soʻngra faoliyatini "Inter Mayami"da davom ettirdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.