date

Sun’iy intellektga qarshi chiqqan amerikalik faol g‘oyib bo‘ldi

Sun’iy intellektga qarshi chiqqan amerikalik faol g‘oyib bo‘ldi

Sun’iy intellektni cheklashga qaratilgan harakatda faol ishtirok etgan amerikalik Sem Kirshner ikki haftadirki bedarak. Atlantic’ning ma’lum qilishicha, u Stop AI guruhining asoschilaridan biri bo‘lib, sun’iy superintellektni ishlab chiqishni to‘xtatishni talab qilib kelgan.

Kirshner avval zo‘ravonlikka qarshi ekanini ta’kidlardi, ammo vaqt o‘tishi bilan bu tamoyildan chekingan va harakatdan chetlatilgan. Stop AI rahbari Metyu Xoll uning oxirgi yig‘ilishlarda jamoa bilan tortishgani, hatto pul masalasida shaxsan nizolashganini aytadi. Shu bois guruh a’zolari politsiyaga murojaat qilgan.

Kirshner fevralda OpenAI ofisini to‘sib qo‘ygani uchun belgilangan sud majlisiga ham kelmagan. Uning uyiga kirilganda, eshik ochiq, velosiped yo‘q, ammo telefon va noutbuk joyida qolgan — bu esa voqeani yanada sirli qilmoqda.

San-Francisco Standard ma’lumotiga ko‘ra, politsiya Kirshner OpenAI xodimlariga tahdid qilgani haqida ikki telefon ogohlantiruvini qayd etgan. Tanishlari esa u ehtimol chodirda yashirinib yurgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Bu holat sun’iy intellekt atrofidagi bahslar kuchaygan, mamlakatlar internet va raqamli maydonni yanada qat’iyroq nazorat qilishga o‘tayotgan bir paytda sodir bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Sun’iy intellektga qarshi chiqqan amerikalik faol g‘oyib bo‘ldi