
Manchester Yunayted jamoasining tayanch yarim himoyachisi Manuel Ugarte qishki transfer oynasida klubni tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Erol Evsen xabar berdi.
Manbaga koʻra, Galatasaray klubi Ugarte oʻyinlarini yaqindan kuzatmoqda. Turkiya jamoasi futbolchini ijaraga olish yoki toʻliq xarid qilishga tayyor.
Garchi Ugarte ilgari Ruben Amorim qoʻl ostida Sporting jamoasida yaxshi oʻynagan boʻlsa-da, Old Trafforddagi oʻyinlari murabbiyni qoniqtirmagan. Joriy mavsumda 24 yoshli urugvaylik futbolchi Angliya chempionatining oʻnta oʻyinida maydonga tushgan, biroq gollarga yoki assistlarga erisha olmagan.
Uning Manchester Yunayted bilan shartnomasi 2029-yilning iyun oyida yakunlanadi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 35 million yevro deb baholamoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.