date

Napoli 2025-yilda uyda yutqazmadi

Napoli 2025-yilda uyda yutqazmadi
"Napoli" jamoasi Italiya chempionatining 14-tur markaziy uchrashuvida Turinning "Yuventus" klubini 2:1 hisobida magʻlub etdi. Bu neapolliklar uchun 2025-yilda A Seriya doirasida oʻz uyida oʻtkazgan soʻnggi oʻyin boʻldi.

Endi esa ishonch bilan aytish mumkinki, "Napoli" joriy yil davomida uy uchrashuvlarida biror marta ham magʻlub boʻlmadi. Jamoa 13 ta uchrashuvda gʻalaba qozongan boʻlsa, 4 ta oʻyin durang bilan yakunlangan.

"Napoli" uchun bunday omadli uy mavsumi oxirgi marta 1987-yilda kuzatilgan edi. Oʻsha yili Diego Maradona faoliyatining choʻqqisida boʻlganida jamoa A Seriyada 11 ta uy uchrashuvida gʻalaba qozongan va 3 ta oʻyinda durang oʻynagan edi.

Keyingi turda "Napoli" "Udineze" klubiga qarshi bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Napoli 2025-yilda uyda yutqazmadi