date

Toshkent havosi yomg‘irdan keyin qanchaga tozalandi?

Toshkent havosi yomg‘irdan keyin qanchaga tozalandi?

Toshkent shahrida havo sifati sezilarli darajada yaxshilandi. Hozirda xalqaro IQAir portalining real vaqt reytingida poytaxt 80-o‘rinni egallab turibdi. Bu ko‘rsatkich yaqin kunlardagi eng yaxshi natijalardan biri sifatida qayd etildi.

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 8-dekabr ertalab Toshkent havosidagi PM10 va PM2.5 zarrachalar miqdori ruxsat etilgan me’yorlardan oshmagan. Mutaxassislar havo sifatining yaxshilanishini meteorologik sharoitlar, shamol faolligi va ifloslantiruvchi manbalar ustidan kuchaytirilgan nazorat bilan bog‘lamoqda.

Aholi orasida havoning tozalangani bo‘yicha ijobiy fikrlar ko‘paygan. Mutaxassislar esa ekologik barqarorlikni saqlash uchun davomiy choralar zarurligini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent havosi yomg‘irdan keyin qanchaga tozalandi?