date

AQShda noqonuniy migrantlar uchun $5000 jarima joriy qilindi

AQShda noqonuniy migrantlar uchun $5000 jarima joriy qilindi

AQSHning chegara xizmati noqonuniy migrantlar uchun yangi jarima – 5000 dollar miqdorida to‘lov joriy qilinishi haqida ma’lum qildi. Bu jarima prezident Donald Trampning Big Beautiful Bill qonuni doirasida tasdiqlangan bo‘lib, avvalgi jazolarga qo‘shimcha ravishda tatbiq etiladi.

Chegara xizmati rahbari Maykl Benksning so‘zlariga ko‘ra, ushbu jarima AQSHga rasmiy nazoratdan o‘tmasdan kirgan 14 yoshdan katta barcha shaxslarga qo‘llanadi, ularning hozirgi joylashuvi yoki immigratsion jarayonlari holatidan qat’i nazar. Qonun, shuningdek, migratsiya nazoratini kuchaytirish uchun 170 milliard dollar miqdoridagi yirik moliyalashtirishni ham nazarda tutadi.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, Trampning ikkinchi prezidentlik muddati davrida noqonuniy chegaradan o‘tishlar soni 1970-yildan beri eng past darajaga tushgan. Avvalroq deportatsiya buyrug‘iga ega bo‘lgan migrantlar mamlakatni tark etishdan bosh tortgan taqdirda, kuniga 1000 dollar jarimaga tortilishi haqida xabar berilgan edi.

Avgust oyiga kelib, bunday jarimalar soni 21,5 mingga yetib, umumiy miqdori taxminan 6,1 milliard dollarni tashkil etgani aytilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQShda noqonuniy migrantlar uchun $5000 jarima joriy qilindi